Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniyada Microsoft tizimidagi nosozlik oqibatida basseynda 15 kishi xlordan zaharlandi

Germaniyada Microsoft tizimidagi nosozlik oqibatida basseynda 15 kishi xlordan zaharlandi

Germaniyada Microsoft tizimidagi nosozlik oqibatida basseynda 15 kishi xlordan zaharlandi

Germaniyaning Bryul shahridagi Phantasialand yirik ko‘ngilochar bog‘ hududida joylashgan Ling Bao mehmonxonasi basseynida 15 kishi xlordan zaharlandi. Hodisaga basseynga xlor yetkazib berish avtomatik tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, avtomatik dozalash tizimidagi xatolik tufayli basseyn suviga me’yordan ortiq miqdorda xlor tushgan. Bu haqda mas’ul xodimlarga elektron pochta orqali ogohlantirish yuborilgan. Biroq Microsoft xizmatlari, jumladan Outlook elektron pochta tizimidagi global uzilish sababli xabar o‘z vaqtida o‘qilmagan.

Natijada mehmonxonadagi 15 nafar mehmon nafas yo‘llarining ta’sirlanishidan shikoyat qilgan. Ulardan to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan. Uch nafari ko‘p o‘tmay uyiga javob berilgan, yana bir kishi esa ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgani sababli shifokorlar nazoratida qoldirilgan.

Bu haqda Tagesschau nashri xabar berdi.

Hodisadan so‘ng mehmonxona basseyni vaqtincha yopilgan. Suv to‘liq almashtirilgandan keyin basseyn yana foydalanishga topshirilgan. Avtomatik boshqaruv tizimidagi nosozlik ham bartaraf etilgan.

Microsoft xizmatlari ham qayta tiklangan. Biroq Germaniya ekspertlari ushbu hodisa mamlakatdagi kompaniyalar, ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlarining yagona raqamli xizmat yetkazib beruvchisiga qaramligini kamaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik