Germaniyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida transport harakati izdan chiqdi — Deutsche Welle.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Gessen federal yerida A3 avtomagistralining Raunxaym va Idshtayn o‘rtasidagi qismida 30 km uzunlikdagi tirbandlik yuzaga keldi. Mashinalar yo‘lda soatlab qolib ketdi.
3 fevral kuni Frankfurt-Mayn shahridagi aeroportda uchish-qo‘nish yo‘laklaridagi qor tufayli parvozlarni to‘xtatdi. Samolyotlar ham muzlashga qarshi maxsus ishlovdan o‘tkazildi.
Kuchli qor va muzlama Mayns va uning atrofida transport tartibsizligi va jamoat transportining harakati cheklanishiga olib keldi. Mahalliy polisiya vakili yomon ob-havo sharoiti tufayli kamida 85 ta YTH sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Boltiq dengizi qirg‘oqlarida, jumladan Ryugen orolida portdagi to‘siqlar muzlab qolgani aytilmoqda.