Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Germaniyada elektr podstansiyasi yonidan shubhali buyum topildi

Germaniyada elektr podstansiyasi yonidan shubhali buyum topildi

Germaniya g‘arbidagi Dormagen shahrida elektr podstansiyasi yaqinidan shubhali buyum topildi. Bu haqda N-TV xabar berdi.

"Kyoln va Dyusseldorf oralig‘ida joylashgan Dormagendagi podstansiyada shubhali buyum topilganidan so‘ng, polisiya voqeani ehtimoliy diversiya sifatida tekshirmoqda", — deyiladi xabarda.

Polisiya vakillarining bildirishicha, topilgan buyum portlovchi qurilma bo‘lishi mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar atrofdagi boshqa elektr podstansiyalarini ham tekshirmoqda. Tergov davom etyapti.

Kiritildi: 11:22 04.09.2026. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!