Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers infratuzilmaga yuzlab milliard yevro sarmoya kiritish va Germaniyaning harbiy qudratini oshirish rejalarini e’lon qildi. Bloomberg nashrining yozishicha, bu tashabbus Berlinning "Evropaga rahbarlik qilish" istagi bilan izohlanadi.
"AQShning ajralib borayotgan strategik ustuvorliklari Yevropani geosiyosiy tahdidlar oldida sovuq urush tugaganidan beri har qachongidan ham zaifroq qilmoqda," dedi nemis siyosatchisi, Yevroparlamentning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari David Makalister.
Aynan shuning uchun Yevropa sodir bo‘layotgan voqealarga "zudlik bilan javob berishi" kerak, deb hisoblaydi Makalister.
Ushbu takliflarning qanchalik real ekani 13 mart kuni, bundestag zarur qonun loyihalarini muhokama qilish uchun maxsus yig‘ilishga yig‘ilganda ma’lum bo‘ladi, deyiladi materialda.