G‘azo sektoriga yuborilishi rejalashtirilgan xalqaro tinchlikparvar kuchlarning birinchi guruhini joylashtirish kechiktirildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning rejasiga muvofiq, kelajakda 20 ming kishilik xalqaro kuchni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda Marokash harbiylaridan iborat birinchi guruh iyun oyida G‘azoga yetib kelishi kerak edi. Biroq ularni joylashtirish bir necha oyga ortga surilgan.
Xabarda aytilishicha, tinchlikparvarlar anklavdagi operasiyani boshlashdan avval Isroil chegarasi yaqinida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Keyinchalik ular safiga qo‘shimcha kuchlar qo‘shilishi rejalashtirilgan.