AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, G‘azo tinchlik jarayonining birinchi bosqichi allaqachon aniq natijalarni bergan.
Uitkoff bu haqda Turkiya, Qatar va Misr vakillari bilan Mayamidagi bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
"Birinchi bosqich gumanitar yordamni kengaytirish, garovga olingan jasadlarni qaytarish, qo‘shinlarni qisman olib chiqish va harbiy harakatlar darajasini pasaytirish kabi yutuqlarga erishdi", — deyiladi postda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi bosqichni muhokama qilish chog‘ida tomonlar G‘azoda tinch aholini himoya qilish va jamoat tartibini saqlash uchun yagona boshqaruv organini tashkil etish zarurligini ta’kidlagan.
"Shuningdek, biz mintaqaviy integrasiya choralarini, jumladan, savdoni osonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, energiya, suv va boshqa umumiy resurslar bo‘yicha hamkorlikni G‘azoning tiklanishi, mintaqaviy barqarorligi va uzoq muddatli farovonligi uchun muhim elementlar sifatida muhokama qildik. Shu nuqtai nazardan, biz o‘tish davri hokimiyati sifatida Tinchlik Kengashining zudlik bilan tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlaganimizni bildirdik.
U hamkorlarning 20 banddan iborat tinchlik rejasiga to‘liq sodiqligini qayd etib, barcha tomonlarni o‘z majburiyatlarini bajarishga, vazminlikka va mintaqada tinchlikni saqlash uchun hamkorlik qilishga chaqirdi.
AQSh maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, keyingi haftalarda ikkinchi bosqichni amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etadi.