Shu kungacha Falastinning G‘azo sektorida kamida 169 kishi, jumladan, 93 bola ochlikdan vafot etgan.
Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalarida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik tufayli 7 ta yangi o‘lim qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Shu tariqa, ochlikdan o‘lganlarning umumiy soni “169 nafarga yetdi, ulardan 93 nafari voyaga yetmaganlardir”. 30 iyul kuni XAMAS harakati 154 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Departamentning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyidan buyon G‘azoda to‘qnashuvlar avj olishi natijasida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 60 430 nafarga yetgan, 148 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.