Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda ochlik va qashshoqlik: Falastinliklar axlat orasidan oziq-ovqat qidirmoqda

 G‘azoda ochlik va qashshoqlik: Falastinliklar axlat orasidan oziq-ovqat qidirmoqda

Yaqinda G‘azo shimolidan ko‘chirilgan odamlar uchun lagerlarga tashrif buyurgan BMT rasmiylariga ko‘ra, G‘azodagi ayollar va bolalar axlat orasidan oziq-ovqat izlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosib olingan Falastin hududlaridagi Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Ajit Sungai gumanitar tashkilotlar mavjud bo‘lgan G‘azo markazida ham ocharchilikning og‘ir darajada ekanidan xavotir bildirdi.

«Ular qattiq oziq-ovqat tanqisligi va yomon sanitariya sharoitida dahshatli sharoitda yashaydilar», dedi u.

UNRWA (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi) yaqinda sionist qurolli guruhlar tomonidan xavfli yo‘llar va yuk o‘g‘irlangani sabab, Kerem Shalom o‘tish joyi orqali yordam yetkazib berishni to‘xtatdi.

Isroil 5 oktabrdan beri G‘azo shimolida yirik quruqlikdagi operasiyani o‘tkazmoqda va bu operasiya Falastinning qarshilik harakati Xamas guruhining qayta to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini aytdi.

Falastinliklar esa Isroilni hududni bosib olishga va aholisini majburan ko‘chirishga urinayotganlikda ayblamoqda.

O‘shandan beri G‘azo shimoliga oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i kabi insonparvarlik yordami kiritilmagan, bu esa bir necha yuz ming odamni ochlik yoqasiga olib kelgan.

Isroilning G‘azodagi urushi ikkinchi yildan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida kamida 44 500 falastinlik halok bo‘ldi, 100 000 dan ortiq kishi yaralandi.

Kiritildi: 17:21 06.12.2024. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!