Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Gazoda bolalar ochlikdan nobud bo‘lmoqda

Gazoda bolalar ochlikdan nobud bo‘lmoqda

Gazo sektoridagi og‘ir gumanitar inqiroz ortidan yana bir bola — 4 yoshli Rezzan Abu Zaxir hayotdan ko‘z yumdi. Rasmiy falastin axborot agentligi WAFA ma’lumotiga ko‘ra, qizaloq “Shahidlar al-Aqso” shifoxonasida ochlik va surunkali ozuqa yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Bugungi kunda Gazoda minglab insonlar, jumladan, bolalar ham ochlik va yetarli ozuqa yetishmasligi sabab og‘ir ahvolga tushib qolgan. Tibbiyot muassasalarida yetarli dori-darmon va o‘rin-koykalar mavjud emas.

BMTning Falastin qochqinlariga yordam ko‘rsatuvchi agentligi (UNRWA) ma’lum qilishicha, 2024 yilning mart—iyun oylari oralig‘ida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ozuqa yetishmovchiligi darajasi ikki barobarga oshgan. Hozirda 17 ming bola surunkali to‘yinmaslikdan aziyat chekmoqda.

Bu fojiali vaziyat Isroilning 2023 yil oktyabridan beri amalga oshirayotgan “ochlik blokadasi” siyosati, ya’ni Gazoga gumanitar va tibbiy yordam kiritilishiga to‘liq to‘siq qo‘yishi bilan bog‘liq. Blokada chegara punktlarida davom etmoqda, aholi esa ochlik va xavf-xatar ostida qolmoqda.

Kiritildi: 15:58 20.07.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!