Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azo bolalari isroillik askarlarning nishoniga aylangan — BBC

G‘azo bolalari isroillik askarlarning nishoniga aylangan — BBC

Isroil askarlari g‘azolik bolalarni muntazam ravishda nishonga olib o‘ldirib kelgani BBC tomonidan fosh qilindi.

BBC (Buyuk Britaniya) o‘tkazgan yangi tadqiqotda G‘azodagi urush davomida isroillik harbiylar bolalarni ongli ravishda nishonga olib o‘ldirgan 160 dan ortiq holat aniqlangani aytiladi.

Bu bolalarning 95 foizi boshi yoki ko‘kragidan o‘q yeb nobud bo‘lgan. Aksariyat qurbonlar — 12 yoshdan kichik...

Guvohlar, tibbiyot xodimlari, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar aslida raqamlar ancha kattaligini, qasddan o‘ldirilgan bolalar soni bir necha yuz nafardan oshishini ta’kidlashmoqda.

Isroil mediasenzurasi bu kabi jirkanch jinoyatlarni ro‘yxatga olish yoki surishtirishga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 17:47 02.08.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!