Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy va moliyaviy yordami sezilarli darajada kamaymoqda — Zürcher Zeitung

G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy va moliyaviy yordami sezilarli darajada kamaymoqda — Zürcher Zeitung

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, urushning to‘rtinchi qishi yaqinlashayotgan bir paytda, Kiyevga qurol-yarog‘ va mablag‘ yetkazib berish hajmi pasaymoqda. Ukrainaning eng yirik donori bo‘lgan AQSh Donald Tramp prezident lavozimiga kirishganidan buyon qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun yangi mablag‘ ajratmagan. Yevropa yilning birinchi yarmida taqchillikni qisman qoplagan bo‘lsa-da, yozdan boshlab qo‘llab-quvvatlash sur’ati yana keskin pasaygan.

Evropaning yordami hajmi 57 foizga – oyiga 3,8 mlrd yevrodan 1,9 mlrd yevrogacha qisqargan. Umuman olganda, barcha donor mamlakatlardan keladigan harbiy yordamning oylik hajmi taxminan 40 foizga kamaygan.

Nashrning ta’kidlashicha, Yevropa hali ham ko‘plab turdagi qurollarni ayniqsa, reaktiv o‘t ochish tizimlari, artilleriya o‘q-dorilari va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetarli miqdorda ishlab chiqarishga qodir emas.

NATO'ning Ukraina uchun AQShdan qurol sotib olish maqsadida tashkil etilgan PURL tashabbusi kutilgan natijani bermagan aksincha, yetkazib berish hajmi kamaygan.

Daniya, Norvegiya, Shvesiya, Latviya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya va Kanada kabi davlatlar Qo‘shma Shtatlardan boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq qurol-yarog‘ sotib olgan (1,9 mlrd yevrolik). Janubiy Yevropa davlatlari esa, aksincha, bu borada o‘zini ancha vazmin tutmoqda. Fransiya, Ispaniya va Italiya kichik yordam paketlari va ichki loyihalar bilan cheklanmoqda.

Kiritildi: 17:17 19.10.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!