Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

G‘arbiy Germaniya misolida Ukrainaga NATO a’zoligi taklif qilindi

G‘arbiy Germaniya misolida Ukrainaga NATO a’zoligi taklif qilindi

NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen 1955 yilda G‘arbiy Germaniya tajribasi asosida Ukrainani alyansga qabul qilish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda u Globsec Forum forumidagi chiqishi vaqtida ma’lum qildi.

Rasmussenning ta’kidlashicha, Germaniya NATOga qabul qilingan paytda jamoaviy mudofaa haqidagi 5-modda faqat Bonn nazorat qilgan hududlarga tatbiq etilgan. Uning fikricha, Ukrainaga nisbatan ham xuddi shunday yondashuvni qo‘llash mumkin.

“Biz Ukraina bilan ham shu yo‘lni tanlashimiz mumkin”, — dedi siyosatchi. Uning tushuntirishicha, NATOning 5-moddasi faqat Kiyev nazoratidagi hududlarga amal qilishi mumkin.

Shu tariqa, sobiq bosh kotib Ukraina uchun cheklangan a’zolik modelini taklif qildi. Bu model mamlakatning bahsli yoki Rossiya nazoratidagi hududlariga NATO himoyasi tatbiq etilmasligini nazarda tutadi.

Kiritildi: 22:04 21.05.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!