G‘arb mamlakatlari Kiyevda vaziyat yanada keskinlashgan taqdirda o‘z elchixonalarini Ukrainadan tashqariga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar berdi.
"Ikki yuqori lavozimli diplomat shaxsiy ravishda o‘z elchixonalarini Lvov yoki sharqiy Polshaga ko‘chirishni o‘z ichiga olgan favqulodda vaziyatlar rejalari ishlab chiqilayotganini aytishdi", deyiladi maqolada.
Gazeta manbalaridan biri shahardagi vaziyat "tezlik bilan yomonlashib borayotganini" ta’kidladi. Shu bilan birga, G‘arb vakillari rasman Kiyevda odatdagidek ishlashni davom ettirish niyatini e’lon qilishdi.
Avvalroq, 2 oktyabr kuni Kiyev aholisi Dnepr daryosi ustidagi asosiy ko‘priklar - Pivdennyi, Metro va Paton ko‘priklari yopilgandan so‘ng transport inqirozi tufayli shaharni ommaviy ravishda tark etayotgani ma’lum bo‘ldi.