Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

G‘arb diplomatlari Ukrainadagi elchixonalar uchun zaxira rejalar tayyorlamoqda

G‘arb diplomatlari Ukrainadagi elchixonalar uchun zaxira rejalar tayyorlamoqda

G‘arb davlatlari Ukrainadagi elchixonalarini Kiyevdan Lvovga yoki Polshaga ko‘chirishi mumkin.

The Guardian gazetasi diplomatlarga tayanib xabar berishicha, ular jamoatchilik oldida Ukrainada qolish niyati borligini ta’kidlamoqda. Bundan maqsad mamlakat tashlab qo‘yilayotgandek taassurot paydo bo‘lishining oldini olishdir.

"Biroq yopiq tarzda elchixonalarni Lvovga yoki Polsha sharqiga ko‘chirish bo‘yicha zaxira rejalar ishlab chiqilmoqda", — deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, bunday rejalar Rossiya xorijiy diplomatik vakolatxonalarni ataylab nishonga ola boshlagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!