Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi

A A A
Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi

O‘zbekiston G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shu haqdagi tegishli Qo‘shma kommyunike 14 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida imzolandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzolagan.


Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Shu tariqa, Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.

Kiritildi: 23:12 19.03.2024. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!