Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘ALABA! O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Panamani 6:1 hisobida tor-mor keltirdi

G‘ALABA!  O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Panamani 6:1 hisobida tor-mor keltirdi

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati J guruhi 3-tur o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Panama ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va pley-offga yo‘l oldi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

Ammo ikkinchi bo‘limda yigitlarimiz o‘yinni o‘z qo‘llariga olishdi va birin-ketin gollar ura boshladi. Dastlab 48-daqiqada Shukurullayev, keyin Hasanov 53-daqiqada gol urdi.

68-daqiqada Sodiqov, 90+1-daqiqada Rustamov, 90+4-daqiqada Aliyev hisobni yiriklashtirdi. 90+5-daqiqada esa Saidov penaltidan gol urib, 6:0 hisobini ta’minladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Paragvay va Irlandiya nursiz durang qayd etishdi. Shu tariqa O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi.

FIFA U-17, J guruhi, 3-tur

O‘zbekiston - Panama 6:1
Gollar: Shukurullayev 48, Hasanov 53, Sodiqov 68, Rustamov 90+1, Aliyev 90+4, Saidov, 90+7 pen. - Pacheko 90+10

Kiritildi: 20:37 11.11.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!