Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

FVV aholiga tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

FVV aholiga tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi jazirama issiqdan himoyalanish uchun aholiga qator tavsiyalar berdi.

Ma’lum qilinishicha, quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin. Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta tavsiyalar berildi. Jumladan:

  • iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslik;
  • tabiiy matolardan (paxta, kanop) tayyorlangan kiyim kiyish;
  • engil, yorqin rangli bosh kiyim kiyish, ko‘zga quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish;
  • suv ichish rejimiga amal qilish. Tartibsiz ko‘p miqdorda suv ichish chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zo‘riqtiradi. Yaxshisi achchiqroq damlangan choy, kvas, har xil sharbatlar, mineral suv ichish lozim;
  • quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish;
  • quyoshda bo‘lib qaytgandan so‘ng, dush qabul qilish yoki ho‘l sochiq bilan artinish;
  • och qoringa yoki ovqat yegandan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik.

Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:

  • darmonsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i va chanqash kuzatiladi;
  • bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada og‘riq bo‘lib, puls va nafas tezlashadi. Ayrim paytlarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin;
  • yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yo‘qotishi mumkin;
  • ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyusinasiya kuzatilishi mumkin.

Quyosh urishining og‘ir shaklida ter ajralishi to‘xtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Kiritildi: 11:28 22.06.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!