Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Futzal, Osiyo kubogi-2026da finalchilar aniq bo‘ldi

Futzal, Osiyo kubogi-2026da finalchilar aniq bo‘ldi

27 yanvardan buyon davom etib kelayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Iroq va Eron milliy terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun parketga chiqdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Biroq katta tajriba yakunda o‘z so‘zini aytdi va forslar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibligi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarimida esa ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi. Osiyo kubogidagi haqiqiy sensasiya aynan shu o‘yinda kuzatildi. Final chiptasi uchun mezbon Indoneziya va Yaponiya terma jamoalari bahs olib bordi. Bu uchrashuvda ham bir tomon katta ustunlik qilmadi va jamoalar jangovar o‘yinni muxlislarga namoyish etishdi. Birinchi bo‘lim mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham Indoneziya bitta gol urib yaponlarni noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Biroq yaponlar kambek amalga oshira oldi va asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa mezbonlar ikkita gol urib g‘alabani o‘zi tomonga og‘dirdi. Yakuniy hisob 5:3 va Indoneziya final chiptasiga ega bo‘ldi.

Endi qit’a chempionligi uchun Eron va Indoneziya terma jamoalari kurash olib boradi. Final bahsi 7 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:53 05.02.2026. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!