Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida guruh bosqichi yakuniga yetib, chorak finalga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi.
"C" guruhida 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston chorak finalda "D" guruhi g‘olibi Eronga qarshi maydonga chiqadigan bo‘ldi. Mazkur o‘yin 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 11:00da boshlanadi.
3-fevral, seshanba
Eron – O‘zbekiston
Manzil: Jakarta xalqaro velodromi
Boshlanish vaqti: 11:00
Iroq – Tailand
Manzil: Indonesia Arena
Boshlanish vaqti: 13:00
Yaponiya – Afg‘oniston
Manzil: Jakarta xalqaro velodromi
Boshlanish vaqti: 15:00
Indoneziya – Vyetnam
Manzil: Indonesia Arena
Boshlanish vaqti: 17:00