Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Futbolda yangi davr boshlanmoqdami? Urugvayda elektron kartochkalar sinovdan o‘tkazildi

Futbolda yangi davr boshlanmoqdami? Urugvayda elektron kartochkalar sinovdan o‘tkazildi

Futbol kelajak sari qadam tashlamoqda. Ushbu sport turining eng taniqli an’anaviy atributlaridan biri bo‘lgan sariq va qizil kartochkalar ham yangilanish arafasida turibdi.

Urugvay kubogi doirasidagi uchrashuvda hakamlar faoliyati uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan va kelajakda ularning ish uslubini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi elektron qurilma e’tiborni tortdi.

derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, mazkur yangilik Urugvay kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Nasyonal" va "Rentistas" jamoalari o‘rtasidagi bahsda sinovdan o‘tkazildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tajriba davomida bosh hakam Eduardo Varela an’anaviy sariq va qizil kartochkalar o‘rniga smartfonga o‘xshash elektron qurilmadan foydalandi.

Ilk "raqamli kartochka" uchrashuvning 12-daqiqasida ko‘rsatildi. Hakam "Rentistas" yarim himoyachisi Xuan Pablo Pladeni ogohlantirdi.

Bahs davomida boshqa futbolchilar ham ogohlantirish oldi. Eng e’tiborli vaziyat esa "Nasyonal" futbolchisi Nauel Xelosning maydondan chetlatilishi bo‘ldi. Hakam elektron qurilmaning yoritilgan ekranida qizil signalni ko‘rsatib, futbolchini maydondan chetlatdi.

Kiritildi: Bugun 11:09. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!