Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Futbolda ofsayd qoidasi o‘zgarishi kutilmoqda

Futbolda ofsayd qoidasi o‘zgarishi kutilmoqda

Ofsaydni qayd etish qoidasini o‘zgartirish yana kun tartibiga qo‘yildi. Futbol qoidalarini tartibga soluvchi IFAB Arsen Venger anchadan beri ilgari surayotgan o‘zgarishni qayta ko‘rib chiqishni boshladi.

G‘oya shundan iboratki, ofsayd faqat hujum qilayotgan o‘yinchi butun gavdasi bilan to‘p uzatish paytida himoya qilayotgan jamoaning so‘nggi o‘yinchisiga qaraganda darvozaga yaqinroq bo‘lgandagina qayd etilishi mumkin.

Cadena SER xabariga ko‘ra, ofsayd qoidasini o‘zgartirish bo‘yicha yakuniy ovoz berish 1 martga belgilangan. Agar qaror ijobiy bo‘lsa, bu XXI asrda futbol qoidalaridagi eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘ladi.

Qayd etilishicha, qoida 2026 yilgi jahon chempionatidayoq joriy etilishi mumkin. Lekin hammasi ovoz berish natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Futbolda ofsayd qoidasi o‘zgarishi kutilmoqda

Kiritildi: 18:22 19.10.2025. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!