Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli» — Eron AQShning JCH-2026 borasidagi taklifiga munosabat bildirdi

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli» — Eron AQShning JCH-2026 borasidagi taklifiga munosabat bildirdi

Eronning Italiyadagi elchixonasi JCH-2026 musobaqasida Eron terma jamoasini boshqa jamoaga almashtirish g‘oyasini keskin tanqid qildi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli Eron terma jamoasini Italiya bilan almashtirish taklifini ilgari surgan edi. AQSh va Isroil bilan bo‘layotgan urush sababli Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda.

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli. Italiya futboldagi buyukligiga siyosiy beqarorlik tufayli emas, balki maydonda erishgan.

Eronni Jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashga bo‘lgan urinish faqatgina AQShning «ma’naviy inqirozini» ko‘rsatadi. Ular hatto maydondagi o‘n bir nafar eronliklarning borligidan ham qo‘rqishmoqda», — deyiladi elchixona xabarida.

Kiritildi: Bugun 19:21. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!