Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Freestyle Chess Grand Slam Final». Javohir Sindarov chorak finalda g‘alaba qozondi va yarim finalda Magnus Karlsen bilan to‘qnash keladi

«Freestyle Chess Grand Slam Final». Javohir Sindarov chorak finalda g‘alaba qozondi va yarim finalda Magnus Karlsen bilan to‘qnash keladi

Shaxmatning «Freestyle» yo‘nalishi bo‘yicha yilning yakuniy final musobaqasi Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi Javohir Sindarov kecha o‘tkazilgan saralash bahslarida 1-o‘rinni egallagani haqida ma’lumot berib o‘tgandik.

Hamyurtimiz bugun chorak final bosqichi doirasida eronlik Parham Maqsudluga qarshi bahs olib bordi. Sindarov har ikkala partiyada raqibini mag‘lub etdi — 2:0.

Javohir yarim finalda norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Vatandoshimiz saralash bosqichida ushbu raqibni mag‘lub etgan edi. Magnus chorak finalda Fabiano Karuana (AQSh) ustidan g‘alabaga erishdi.

Kiritildi: 22:21 09.12.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!