Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransuzlarning qariyb 80 foizi xarajatlarini qisqartirishga majbur

Fransuzlarning qariyb 80 foizi xarajatlarini qisqartirishga majbur

Fransiya aholisining qariyb 80 foizi xarajatlarini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Bu BFMTV buyurtmasi asosida Elabe kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi.

«2026 yil kuzi arafasida fransuzlarning 79 foizi kamxarj yashashga majbur ekanini bildirgan. Ularning 53 foizi xarajatlarni biroz, 26 foizi esa sezilarli darajada qisqartirishga to‘g‘ri kelayotganini aytgan», — deyiladi materialda.

Tadqiqotda qayd etilishicha, xarid qobiliyatiga bosim aholining barcha qatlamlariga ta’sir qilmoqda.

Oddiy xizmatchilar va ishchilar orasida tejashga majbur bo‘layotganlar ulushi 90 foizni tashkil etgan. Rahbarlar va yuqori malakali mutaxassislar orasida esa bu ko‘rsatkich 59 foizga teng.

Kiritildi: Bugun 09:24. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!