Mazkur holat 25 may kuni shaharning g‘arbiy qismida joylashgan transformatorda yong‘in chiqishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Fransiya janubida ketma-ket ikki marta sodir bo‘lgan elektr ta’minotidagi yirik uzilishlar mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergov qilinmoqda.
Fransuz ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, bu holat minglab odamlarning hayotiga ta’sir qilgan, oxirgi hodisada deyarli 50 ming kishi elektrsiz qolgan. Ayni vaqtda ta’minot to‘liq tiklangan.