Ikki qurolli shaxs Dog‘istonda rossiyalik MMA jangchisi Timur Xizriyevga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldi.
Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar berdi.
Otishma Maxachqal’aning Daniyalov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Hujum sodir bo‘lgan lahza hovli kameralariga tushib qolgan. Kadrlarda ikki noma’lum niqobli erkak sportchining orqasidan yugurib kelib, kamida besh marta o‘q uzganini ko‘rish mumkin. Temur sumkasini tashlab qochib ketadi.
Shundan so‘ng hujumchilar oq rangli "Priora"da qochib ketishgan, u yerda ularni uchinchisi kutib turgan. Shaharda "Tutish" rejasi joriy qilingan.
Jangchining ahvoli barqaror, hayoti xavf ostida emas. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning yelkasi, bilak va ko‘kragida beshga yaqin jarohat bor.