Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nodir To‘raqulovning yana bir noqonuniy harakati fosh etildi – sobiq Departament inspektori 56 kun asossiz hibsda saqlangan

Nodir To‘raqulovning yana bir noqonuniy harakati fosh etildi – sobiq Departament inspektori 56 kun asossiz hibsda saqlangan

🧾 Sud hujjatlariga ko‘ra, D.M. ismli fuqaro 2014 yilda MXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tergovchisi Nodir To‘raqulov tomonidan asossiz ravishda 56 kun hibsda saqlangan.

Ushbu davrda D.M.ga yuzaki xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, ishdan bo‘shatish uchun noqonuniy asoslar keltirilgan. Biroq keyinchalik sud jarayonlarida ushbu qarorlar haqiqiy emasligi aniqlangan va D.M. jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan.

⚖️ N.To‘raqulov esa Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ayblanib, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

2021 yilda D.M. qayta tiklanib, Samarqand viloyati Nurobod tumani bo‘limi inspektori lavozimiga tayinlangan. Rasmiy ma’lumotda u hech qanday intizomiy yoki nomunosib xatti-harakat sodir etmaganligi belgilangan.

☝️Nodir To‘raqulovning MXXda ishlagan vaqti mansabidan foydalanib Surxondaryo ahliga nisbatan qilgan zulmkor jinoyatlari "tom-tom"lik doston bo‘lsa kerak. Odamzod Gitler zulmidan keyin bunaqa zulm va xorlik ko‘rmagan.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!