Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, davlat boshqaruvida samaradorlik va natijadorlikni oshirish maqsadida Prezident Administrasiyasi rahbariga keng vakolatlar berildi. Xabaringiz bor, bu lavozimda Saida Mirziyoyeva faoliyat olib boradi.
Administrasiya rahbari endilikda:
– maslahatchilar va bo‘linma rahbarlarining o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ozod etadi;
– mahalliy va xorijiy ekspertlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishi mumkin;
– xodimlarni attestasiyadan o‘tkazadi va salohiyatli kadrlarni tanlab oladi;
– mutaxassislar uchun ish haqini milliy yoki chet el valyutasida belgilaydi;
– xarajatlar smetasini va moddiy rag‘batlantirishni mustaqil tasdiqlaydi.
Shuningdek, raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt, strategik tahlil, faol muloqot va ta’sirchan loyihalar — Prezident Administrasiyasi faoliyatida yangi yo‘nalishlarga aylanadi.