Fransiyaning shimolidagi "Gravelin" atom elektr stansiyasining filtrasiya tizimlarida meduzalar ko‘pligi EDF ni uchta reaktorni o‘chirishga va to‘rtinchisida quvvat ishlab chiqarishni kamaytirishga majbur qildi.
BFMTV telekanali bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Bu vaziyat ob’ektlar, xodimlar yoki atrof-muhit xavfsizligi uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi", deb ta’kidladi kompaniya.
"Gravelin" atom elektr stansiyasi bir yil oldin shunga o‘xshash muammoga duch kelgan edi, o‘shanda meduzalar ko‘pligi to‘rtta reaktorni o‘chirishga majbur qildi.
Fransiya bo‘ylab qurg‘oqchilik va issiqlik tufayli rekord darajadagi atom elektr stansiyalarining uzilishlari kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarishga ta’sir qilmoqda. Yakshanba kuni 15,6% elektr taqchilligi kuzatildi.