Yaqinda iste’foga chiqqan, ammo prezident Emmanuel Makron tomonidan qaytadan bosh vazir etib tayinlangan Sebastyan Lekornu yangi Fransiya hukumati tuzilganini e’lon qildi.
Lekornu shu hafta boshida avvalgi vazirlar mahkamasidagi kelishmovchiliklar sababli iste’fo bergan va 10 oktyabr kuni Makron uni yana bosh vazir sifatida tasdiqlagan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, u yangi hukumatni taqdim etdi.
Amerikadagi X kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda Lekornu tuzilgan hukumatning asosiy vazifasi “Fransiya byudjetiga yil oxirigacha kafolat yaratish” ekanini ta’kidladi.
Siyosatchi “mamlakat manfaatlarini shaxsiy va partiyaviy ambisiyalardan ustun qo‘ygan” vazirlar mahkamasi a’zolariga minnatdorlik bildirib, “yagona ustuvorlik — davlat manfaatlari” ekanini qayd etdi.
Loran Nyunes — ichki ishlar vaziri
Katrin Voutren — mudofaa vaziri
Jerald Darmanin — adliya vaziri
Roland Leskyur — moliya vaziri
Enni Jenvard — qishloq xo‘jaligi vaziri
Eduard Geffre — ta’lim vaziri
Jan-Noel Barro — tashqi ishlar vaziri
Rashida Dati — madaniyat vaziri
Stefani Piste — sog‘liqni saqlash vaziri
Naim Mutshu — chet el hududlari vaziri
Marina Ferrari — sport vaziri
Filipp Tabaro — transport vaziri
Mishel Barnye boshchiligidagi markazchi hukumat bor-yo‘g‘i uch oy faoliyat ko‘rsatgan va 2024 yil 4 dekabrda, 2025 yilgi byudjet bo‘yicha kelishmovchilik sabab muxolifat tashabbusi bilan o‘tkazilgan ishonchsizlik votumi natijasida ag‘darilgan.
Shundan so‘ng, 2024 yil 13 dekabrda prezident Makron Fransua Bayruni bosh vazir etib tayinlagan edi. Davlat qarzining yuqoriligi sabab, yangi byudjet muzokaralari hukumat va muxolifat o‘rtasidagi asosiy tortishuv nuqtasiga aylangan.
Bayru 2026 yilgi byudjet muhokamasi oldidan hukumatga ishonch ovozi so‘rashini ma’lum qilgan, bu reja bir nechta davlat bayramlarini bekor qilish orqali taxminan 43 milliard yevro tejashni ko‘zda tutgan edi. Bu qaror mamlakat bo‘ylab noroozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan.
Biroq 8 sentyabr kuni uning hukumati ishonch votumini qo‘lga kirita olmadi va ag‘darildi.
Shundan so‘ng, 9 sentyabr kuni Makron sobiq mudofaa vaziri Sebastyan Lekornuni bosh vazir etib tayinladi. 5 oktyabr kuni u yangi hukumat tuzdi, ammo jamoatchilik tanqidi ortidan ertasi kuni iste’fo berdi.