Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada uchinchi haftadir ommaviy namoyishlar davom etmoqda

Fransiyada uchinchi haftadir ommaviy namoyishlar davom etmoqda

Fransiya poytaxti Parijda ommaviy norozilik namoyishlari munosabati bilan 40 dan ortiq metro va shahar atrofi temiryo‘l bekatlari faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

31 oktyabr, shanba kuni mamlakatda ketma-ket uchinchi hafta ommaviy namoyishlar o‘tkazilmoqda. Transport boshqarmasi RATP xavfsizlik maqsadida poytaxtning qator hududlarida bekatlar yopilishini ma’lum qildi.

Fransiya hukumati tartibsizliklar xavfini inobatga olib, Parij markazida yirik norozilik yurishlarini o‘tkazishga ruxsat bermadi.

Sud qaroriga muvofiq, namoyishchilarning yurishi shaharning sharqiy chekkasidagi Port-de-Banyoledan Port-de-Sharantongacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyadagi noroziliklar ta’lim tizimidagi muammolardan boshlanib, keyinchalik yashash xarajatlarining oshishi va ijtimoiy tengsizlikka qarshi keng ko‘lamli harakatga aylangan.

Kiritildi: 20:35 31.10.2026. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!