Fransiya Ichki ishlar vaziri Loran Nunyes huquq-tartibot idoralari xodimlarini «PSJ» va Londonning «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi finali kuni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklar va zo‘ravonlik holatlaridan ogohlantirdi. Uchrashuv 30 may, shanba kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
«O‘tgan yili «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasi shaharlarda yirik huquqbuzarliklar va zo‘ravonlik holatlariga, jumladan, polisiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan edi. Agar bunday holatlar takrorlansa, sizning asosiy vazifangiz jamoat tartibini buzish holatlariga chek qo‘yish, aybdorlarni qo‘lga olish hamda huquq-tartibot organlari xodimlari va jandarmlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lishi kerak», — deya Nunyesning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.