Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari davom etmoqda

A A A
Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari davom etmoqda

Namoyishlar Bloquons Tout (“Hamma narsani to‘sib qo‘yamiz”) harakati tomonidan tashkil etilgan. Ular bosh vazir Fransua Bayru taklif qilgan davlat xarajatlarini keskin qisqartirish rejasiga qarshi chiqmoqda.

Le Parisien'ga ko‘ra, Parijda namoyishchilar avtobus vokzalini to‘sishga harakat qilishgan, shuningdek, Shimoliy vokzal oldida ham olomon to‘plangan. Nashrning yozishicha, qariyb 400 nafar namoyishchi Lion vokzaliga bostirib kirgan.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha deyarli 300 kishi hibsga olingan. Norozilik aksiyalarida mamlakat bo‘ylab namoyishlarda 100 mingga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:57 10.09.2025. O'qildi: 1194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!