Ishlab chiqarish kamayishining asosiy sababi — bu yozda uzumzorlarga katta zarar yetkazgan issiq havo va qurg‘oqchilik. Bundan tashqari, vino iste’molining kamayishi, uzumzorlar maydoni qisqarishi va Donald Tramp o‘tgan yili joriy qilgan bojlar sabab AQShda savdoning pasayishi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Fransiyada bu yil 33,9 mln gektolitr, ya’ni taxminan 4,5 mlrd standart shisha vino ishlab chiqarilishi prognoz qilinmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga, 2021–2025 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan esa 17 foizga kam.
Fransiya hukumati 4 avgust kuni vino ishlab chiqaruvchilarga 1 milliard yevro favqulodda yordam ajratishini ma’lum qilgan. Qishloq xo‘jaligi xodimlari tashkilotlari esa bu mablag‘ yetarli emasligini bildirgan.
Fransiya vino ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda, eksportdan tushadigan daromad bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi.
Iqlim muammolari va AQSh bojlaridan tashqari, Fransiya vinochilari iste’molning uzoq muddatli pasayishiga ham duch kelmoqda. Iqtisodiy qiyinchiliklar va sog‘lom turmush tarziga intilish sabab odamlar tobora kamroq vino iste’mol qilmoqda.
Shu sababli uzumzorlar maydoni ham qisqarmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil uzumzorlar maydoni o‘tgan yilga nisbatan 2,5 foizga kamaygan.