Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Fransiyada bir haftadan buyon maktab o‘quvchilari ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirmoqda

Fransiyada bir haftadan buyon maktab o‘quvchilari ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirmoqda


Liseylar (Fransiyada katta sinf o‘quvchilari o‘qiydigan maktablar) o‘quvchilari sinfxonalar to‘lib toshgani, o‘qituvchilar yetishmayotgani, o‘quv binolari yomon holatdaligi va dars jadvali juda tig‘iz tuzilganidan e’tiroz bildirishmoqda.

Namoyishlar Parij tashqarisidagi Il-de-Fransda boshlangandi, ammo tezda butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Ta’lim vazirligi norozilik aksiyalari mamlakatdagi 3700 ga yaqin maktabdan 356 tasini qamrab olganini ma’lum qildi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 600 dan ortiq namoyishchilar qo‘lga olingan, ularning aksari voyaga yetmagan o‘smirlardir.

Yirik shaharlarda norozilik aksiyalari maktab o‘quvchilarining polisiyachilar bilan to‘qnashuvlariga aylangan. Ayrim holatlarda namoyishchilar yonuvchi aralashma solingan shishalardan foydalangan va polisiyachilarni toshbo‘ron qilgan. Bunga javoban polisiyachilar ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan. Tartibsizliklar boshlanganidan beri kamida 83 nafar polisiyachi va jandarm, shuningdek, 119 nafar o‘quvchi va maktab xodimi jarohatlangan.

Kiritildi: 21:35 01.10.2026. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!