Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Fransiyada 500 minggacha odam namoyishga chiqishi mumkin — polisiya shay holatga keltirilmoqda

Fransiyada 500 minggacha odam namoyishga chiqishi mumkin — polisiya shay holatga keltirilmoqda

Fransiyada 24 oktyabr kuni rejalashtirilgan ommaviy norozilik namoyishlarida 400 mingdan 500 ming nafargacha odam ishtirok etishi mumkin. Bu haqda TF1 telekanali xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlar mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Fransiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirishga kirishgan.

Avvalroq Fransiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi vazir-delegat Jan-Didye Berje 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan norozilik aksiyalari oldidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlari ta’tillari bekor qilinganini ma’lum qilgandi.

Ayni paytda Parijda ham ehtimoliy tartibsizliklarga qarshi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtdagi ayrim do‘konlar egalari yangi namoyishlar arafasida vitrinalarni taxtalar bilan qoplab, savdo nuqtalarini ehtimoliy zarardan himoya qilishga harakat qilmoqda.

Bu jarayon aks etgan videolavhalarni Ruptly axborot agentligi namoyish etdi.

Kiritildi: 14:48 23.10.2026. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!