Fransiya va Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari 20 oktyabr kuni O‘rta yer dengizi ustida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Rzeczpospolita nashri xabar berdi.
Mashqlar davomida Fransiyaning Rafale qiruvchi samolyotlari yadroviy zarba berishni taqlid qildi, Britaniyaning Typhoon samolyotlari esa ularni himoya qildi. Mashg‘ulotlarda haqiqiy yadroviy qurol qo‘llanilmagan.