Fransiya Ukrainaga SCALP qanotli raketalari, AASM boshqariluvchi aviasiya o‘q-dorilari va SAMP/T fransuz-italyan havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun Aster zenit raketa-tutib qoluvchilarini ishlab chiqarish lisenziyasini taqdim etish niyatida.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 13 iyul kuni "antiballistik koalisiya" yig‘ilishidan so‘ng "Ukraina prezidenti idorasi"ning YouTube kanalida efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainaning mudofaa-sanoat majmuasini sezilarli darajada mustahkamlash va o‘z qurollarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradi.
Ukraina shuningdek, Fransiyaning 16ta Rafale qiruvchi samolyotini sotib olmoqchi. Ushbu samolyotlar Ukrainada 2028-2029 yillarda foydalanishga topshiriladi.