Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiya terma jamoasi mamlakatning eng asosiy davlat bayrami kunida mag‘lubiyatga uchradi

Fransiya terma jamoasi mamlakatning eng asosiy davlat bayrami kunida mag‘lubiyatga uchradi

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollarga Mikel Oyarsabal (penaltidan) va Pedro Porro mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, "uch ranglilar" mamlakatning eng asosiy davlat bayrami — 14 iyul kuni mag‘lubiyatga uchrashdi. 1789 yil 14 iyulda Fransiya mutlaq monarxiyasining qulashiga asos solgan Buyuk fransuz inqilobi boshlangan edi.

Endi Fransiya terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun "tasalli" beradigan bahsda ishtirok etadi. Ularning raqibi Argentina yoki Angliya terma jamoasi bo‘ladi. Ispaniyaliklar esa finalga yo‘l olishdi.

Kiritildi: 08:21 15.07.2026. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!