Fransiya Senegaldan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Senego portali xabar berdi.
Portal manbalariga ko‘ra, Mareshal, Cent-Ekzyuperi va Kont-Admiral Prote bazalari allaqachon senegallik harbiylarga topshirilgan. Fransiya harbiy kontingenti sentyabrgacha Senegalni butunlay tark etishi rejalashtirilgan.