Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiya Google, Netflix va Meta uchun yangi soliq joriy etmoqchi

Fransiya Google, Netflix va Meta uchun yangi soliq joriy etmoqchi

Fransiya Milliy assambleyasi deputatlari Google, Netflix, Amazon va Meta kabi yirik texnologik kompaniyalarning internet trafigiga soliq solish taklifini ma’qulladi.

Le Figaro ma’lumotiga ko‘ra, sosialist deputat Loran Lardi ilgari surgan tashabbus jismoniy shaxslarga uzatilgan har bir gigabayt ma’lumot uchun 0,055 yevro soliq undirishni nazarda tutadi.

Loyihaga muvofiq, Fransiya aloqa operatorlari internet trafigi hajmini hisoblab, davlat idoralariga ma’lumot taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Tashabbus mualliflari yangi soliq byudjetga yiliga 10 milliard yevrogacha daromad keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, bu chora data-markazlarning energiya sarfini va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishi kutilmoqda.

Taklif hukumat qarshiligiga qaramay, 11 ta ovoz bilan ma’qullangan. 10 nafar deputat qarshi chiqqan.

E’tiborlisi, ovoz berishda quyi palataning qariyb 580 nafar a’zosidan atigi 30 nafarga yaqini qatnashgan. Taklifning ma’qullanishi soliq hozirdan kuchga kirganini anglatmaydi.

Kiritildi: 19:18 31.10.2026. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik