Fransiya Auditorlar sudining dastlabki hisobotiga ko‘ra, dunyoga mashhur Luvr muzeyida yaqinda sodir etilgan tog‘izta tarixiy taqinchoq o‘g‘irlanishidan so‘ng jiddiy xavfsizlik kamchiliklari aniqlangan.
Fransiya OAVlari yozishicha, hujjatda muzeyni texnik jihozlar bilan ta’minlashdagi “doimiy” va “sezilarli” kechikishlar tilga olingan. Hisobotda bu holat eksponatlar xavfsizligiga bevosita tahdid solayotgani qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlik sodir bo‘lgan Denon qanotidagi “Apollon” galereyasi joylashgan xonalarning uchdan bir qismi umuman videokuzatuv kameralari bilan jihozlanmagan.
Shuningdek, so‘nggi besh yil davomida muzeyga bor-yo‘g‘i 138 ta kamera o‘rnatilgani, yillik byudjeti 323 million yevro bo‘lishiga qaramay, muassasa rahbariyati tomonidan aniqlangan xavflarni bartaraf etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani ta’kidlangan.
O‘g‘irlik kecha ertalab, har kuni minglab tashrif buyuruvchilarni qabul qiladigan va 35 mingga yaqin san’at asarini o‘z ichiga olgan Luvr muzeyida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlar “Apollon” galereyasidan tog‘izta bebaho zargarlik buyumini o‘g‘irlab ketishgan. Bu xonalarda odatda qirollik taqinchoqlari namoyish etiladi. O‘g‘irlik hammasi bo‘lib etti daqiqa davom etgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, muzey tashqarisida Napoleon IIIning rafiqasiga tegishli shikastlangan diadema topilgan — uni qochish paytida o‘g‘irlar tashlab ketgan bo‘lishi mumkin.