Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya AQSh endilikda "inson huquqlari mayog‘i" emasligini rasman ma’lum qildi

Fransiya AQSh endilikda "inson huquqlari mayog‘i" emasligini rasman ma’lum qildi

Bu haqda Fransiyaning Jenevadagi BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi xabarida aytiladi.

"AQSh bir vaqtlar inson huquqlari mayog‘i edi. Endi unday emas. Bugungi kunda ular Shimoliy Koreya, Nikaragua, Mali va Rossiya bilan bir safda, yakkalanib turibdi. Dunyo esa endi ularga quloq solmayapti", — deyiladi vakolatxona xabarida.

​Idora Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Folker Tyurkning vakolatlarini uzaytirish bo‘yicha BMTdagi ovoz berish jarayonini shu tariqa sharhladi. Bunga qarshi AQSH, Rossiya, Isroil, Argentina va yana bir qator mamlakatlar chiqdi.

​AQShning BMTdagi vakili Mayk Uolts bunga javoban "Fransiya Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Isroil kabi erkin, suverenitetga ega demokratik davlatlarga aql o‘rgatadigan, ayni paytda dunyodagi eng shafqatsiz zulmkorlar bilan xushomadgo‘ylik qiladigan shaxs uchun ovoz berdi" deya ta’kidladi.

​Tyurk o‘z lavozimida Isroilni falastinliklarga qarshi harakatlari uchun bir necha bor tanqid qilgan edi.

Kiritildi: 14:35 27.07.2026. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!