Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Floyd Meyvezer may oyida Toshkentga keladi

Floyd Meyvezer may oyida Toshkentga keladi

Professional boksdagi faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan Floyd Meyvezerning may oyining ikkinchi o‘n kunligida yurtimizga tashrifi kutilmoqda.

Amerikalik afsonaning tashrif dasturi o‘z ichiga bir nechta tadbirlarni oladi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, Floyd poytaxtimizda o‘tkaziladigan katta prof boks oqshomining faxriy mehmoni bo‘ladi. O‘z nomidagi brend franshizasini olib, Toshkentdagi faoliyatini yuritayotgan zalga tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, faoliyati yakunlagan professional bokschimiz Sanjar Rahmonov o‘z vaqtida Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblangan va o‘z janglarini The Money Team bayrog‘i ostida o‘tkazgan.

Kiritildi: 22:52 03.04.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!