Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Flikning «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirish qaroriga nima ta’sir qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Flikning «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirish qaroriga nima ta’sir qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning agentiga klub u bilan shartnomani yana bir mavsumga — 2028 yil iyuniga qadar uzaytirish istagida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, nemis mutaxassisi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan «Barselona» prezidenti saylovlari natijalarini kutishni ma’qul ko‘rmoqda. Flikning «ko‘kanorranglilar»ning amaldagi rahbari Joan Laporta bilan munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va shu bois u Laportaning klubdagi kelajagi qanday bo‘lishini bilmasdan turib, mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishni istamayapti.

Flik 2024 yil yozidan buyon «Barsa»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: 23:51 19.12.2025. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!