Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Flik "Real"ga qarshi o‘yinda kutilmagan qaror qabul qilishi mumkin

Flik "Real"ga qarshi o‘yinda kutilmagan qaror qabul qilishi mumkin

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning "Real" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko"da himoya chizig‘iga kutilmagan o‘zgartirish kiritishi mumkin.

El Nacional nashrining xabar berishicha, nemis mutaxassisi madridliklarning so‘nggi uchrashuvlarini tahlil qilib, ayniqsa Arda Gyulerning harakatlariga jiddiy e’tibor qaratgan.

Turkiyalik futbolchi Chempionlar ligasida "RB Leypsig"ga qarshi uchrashuvda hujumning o‘ng qanotida ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Flikning fikricha, agar "Barselona"ning chap qanot himoyachisi hujumga haddan tashqari ko‘p qo‘shilsa, Gyuler bo‘sh hududlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu sabab kataloniyaliklar bosh murabbiyi Joau Kanseluni asosiy tarkibga kiritish masalasida ikkilanmoqda. Portugaliyalik futbolchining hujumdagi faolligi jamoaga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, biroq uning ortida qoladigan bo‘shliqlarni boshqa futbolchilar yopishiga to‘g‘ri keladi.

"Real" esa bunday vaziyatlardan tezkor hujumlar tashkil etish orqali foydalanishga qodir.

Shu bois Flik chap qanotda himoyaviy vazifalarga ko‘proq e’tibor qaratadigan Alexandro Baldega ishonch bildirishi mumkin.

Biroq maydonga kim tushishidan qat’i nazar, "Barselona"ning Arda Gyulerni to‘xtatish rejasida himoyachilarning bir-birini sug‘urta qilishi muhim o‘rin tutadi.

Qizig‘i, Balde joriy mavsumda kataloniyaliklar safida atigi ikkita uchrashuvda ishtirok etgan. U Chempionlar ligasining "PSJ"ga qarshi safar o‘yinida ham zaxiradan maydonga tushgan edi.

Shu sabab 22 yoshli himoyachining "Real"ga qarshi asosiy tarkibda paydo bo‘lishi kutilmagan qaror bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 10-tur uchrashuvi 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:18 23.10.2026. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!