Portugaliya terma jamoasi va Fransiyaning «PSJ» klubi qanot himoyachisi Nunu Mendesh faoliyatini La Liga grandida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.
Yulduz lateralni o‘z safiga qo‘shib olishga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli futbolchining transferini shaxsan «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik talab qilmoqda. Mutaxassis «Barselona» rahbariyatiga Mendeshni sotib olish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Transfermarkt portali ekspertlarining bahosiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi. Himoyachi va Parij grandi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.