Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Flik "Barselona" rahbariyatiga murojaat qildi

Flik "Barselona" rahbariyatiga murojaat qildi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqin transferlar davrida tarkib kuchayishiga umid qilmoqda.

Debyut mavsumida germaniyalik murabbiy qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" kutilganidan ham yaxshiroq natijalar qayd etdi: jamoa Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdi, shuningdek, Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi. Muvaffaqiyatlarga qaramay, Flik tarkibni kuchaytirish kerak deb hisoblaydi. Jurnalist Ashraf bin Ayadning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy klub rahbariyatidan transfer bozoridagi ba’zi pozisiyalarni mustahkamlashni so‘ragan. Mutaxassisning fikricha, "Barselona" yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishi uchun yanada kuchayishi kerak.

25 may kuni kataloniyaliklar La Liga so‘nggi turida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:44 21.05.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!