Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Flaviu Bolsonaru o‘z-o‘zini «Braziliya yetakchisi» deb e’lon qildi

Flaviu Bolsonaru o‘z-o‘zini «Braziliya yetakchisi» deb e’lon qildi

Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari, so‘l markazchi Luis Inasiu Lula da Silvaga mag‘lub bo‘lib, AQShga qochib ketgan ongchi populist senator Flaviu Bolsonaru X ijtimoiy tarmog‘ida «Braziliya xalqiga maktub» e’lon qildi. Unda Bolsonaru o‘zini «Braziliya yetakchisi» deb e’lon qilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u dastlab o‘zini mamlakatning «haqiqiy prezidenti» va «saylangan prezidenti» deb ham atagan, ammo keyinchalik ushbu jumlalarni o‘chirib tashlagan.

Maktubda Flaviu Bolsonaru hech qanday dalillar keltirmagan holda, Braziliyadagi saylovlarda «jirkanch soxtalashtirishlar» sodir bo‘lganini da’vo qiladi. Senator xorijda turib mamlakatda demokratiya uchun kurashga rahbarlik qilishga va Lula da Silvaning «diktatorlik rejimini» o‘rnatishiga xalaqit berishga va’da bergan.

Shuningdek, Flaviu Bolsonaru AQSh va Argentina prezidentlari — Donald Tramp va Xavyer Mileyga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolsonaru oilasi bilan Qo‘shma Shtatlarga Argentina orqali yetib olgan.

Flaviu Bolsonaru — Braziliyaning sobiq ultrao‘ngchi prezidenti Jair Bolsonaruning o‘g‘lidir. Jair Bolsonaru hozirda vatanida davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha qamoq jazosini o‘tamoqda. Saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Oliy sud Flaviuga mamlakatdan chiqib ketishni taqiqlagan edi, biroq siyosatchi ushbu cheklovni e’tiborsiz qoldirdi.

Kiritildi: Bugun 12:27. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!