Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Firibgarning qarmog‘ini tanib oling: bonus, mashhur qiyofa, taniqli logotip

Firibgarning qarmog‘ini tanib oling: bonus, mashhur qiyofa, taniqli logotip

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida shubhali reklama e’lonlari keng tarqalmoqda. Ularda shunday chaqiriqlar bor: “Ariza to‘ldiring va 600.000 so‘m bonus oling!”

Reklamada USM logotipi, 24/7 ishlovchi "menedjer", hatto mashhur insonlarning rasmlari ham qo‘llanilmoqda. Buning ortida turli "ishonchli ko‘rinadigan" gaplar va go‘yoki to‘lov tizimlari orqali pul yuborishga chaqiruvlar bor.

Bu — jinoiy guruhlar tomonidan fuqarolarni aldash va shaxsiy ma’lumotlarni (pasport, karta raqamlari, SMS-kodlar va h.k.) qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan aldamchi sxemadir.

Aldanib qolmaslik uchun quyidagi belgi va holatlarga e’tibor bering:

Rasmiy sayt emas — firibgarlar USM, Uzcard, Humo va boshqa taniqli tashkilotlarning logotiplaridan foydalanib, soxta veb-saytlar ochishmoqda.

Shaxsiy ma’lumot so‘rashi — pasport nusxasi, karta raqami, CVV-kod va SMS-kodi so‘raladi. Rasmiy tashkilotlar bunday ma’lumotlarni onlayn so‘ramaydi!

Juda yoqimli “taklif” — 600.000 so‘m pul berish, bonus yoki yutishni va’da qilish — e’tiborni jalb qilish uchun qo‘llaniladi.

Shoshilish hissi — "Faqat bugun", "Son cheklangan" kabi so‘zlar bilan insonni tez qaror qabul qilishga undash.

Kiritildi: 04:36 22.08.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!